“Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” jurnali ijtimoiy- gumanitar va boshqa sohalarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan nashr bo‘lib, quyida ko‘rsatilgan sohalardagi ilmiy-amaliy innovatsion yangiliklarni har tomonlama yoritish, jurnalxonlarning ta’limiy-ilmiy innovatsion axborotga bo‘lgan talab- ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish, jurnal imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘yadi:

         mamlakatda maktab ta’limi va ta’lim uzluksizligi yo‘nalishlarida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatidan, zamonaviy pedagogik texnologiyalarining yaratilishi va ularni keng tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jahonda mazkur sohalarda ro‘y berayotgan jarayonlar va so‘nggi         yangiliklardan keng ommani xabardor qilib borish;

        maktab ta’limiga oid yagona milliy axborot makonini yaratish hamda umumiy o‘rta ta’limning nazariy-amaliy jarayonlariga iqtidorli yoshlar hamda tajribali ustozlarni faol jalb etish maqsadida turli mavzudagi ilmiy-amaliy maqola va ilmiy ijodning eng ilg‘or namunalarini chop etib borish;

        xalqaro tendensiyalar va ilmiy izlanishlar bilan muvofiqlikni ta’minlash maqsadida maktab ta’limining dolzarb muammolari yuzasidan tizimli asosda amalga oshilayotgan xalqaro ilmiy-tadqiqotlar tahlilini yetkazib borish;

        maktab ta’limi tizimini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari, maqsad va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilovchi masalalarni muhokama qilish;

        mamlakatda maktab ta’limi tizimi faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab- quvvatlash maqsadida xalqaro baholash tadqiqotlarida yetakchi o‘rinni egallab kelayotgan mamlakatlar erishgan ilm-fan, yuqori texnologik yutuqlar hamda amalga oshirilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar mazmunini, O‘zbekistonning xalqaro tadqiqotda ishtirok etish natijalari, muammolar, yechimlarini yoritish;

        O‘zbekistonda maktab ta’limini tashkil qilishning ilmiy-nazariy va amaliy- texnologik asoslarini tahlil qilish, milliy ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish va tajriba-sinovdan o‘tkazishning dolzarb masalalarini yoritish;

        umumiy o‘rta ta’limning o‘quv reja va dasturlarini o‘quvchilar tomonidan qabul        qilinishi samaradorligini tahlil qilish va ularni takomillashtirish hamda maktab ta’limi sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha  puxta ilmiy asoslangan aniq tavsiyalarni ilgari surish;

        kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash, ta’lim menejmenti, boshqaruvga doir dolzarb muammolar, xalqaro tajriba, amalga oshirilayotgan ishlarning ilmiy-amaliy tadqiqot natijalarini tahlil qilishga doir amalga oshirayotgan innovatsion ishlarini yoritish;

         maktab ta’limi sohasida tahliliy ma’lumotlar, ilmiy maqolalar va tadqiqotlarning natijalari va yangi g‘oyalarini aks ettiruvchi materiallar va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiva uning tizimidagi tashkilotlarning rasmiy axborotlarini yoritish ishlarini amalga oshiradi.

Biz haqimizda

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda