MAQOLALARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
- Maqola sarlavhasi bosh harfda aniq qilib, o‘zbek(lotin grafikasida), rus, ingliz tillarida bo‘lishi kerak.
- Maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot (Authorinformation) qismida muallifning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), ish joyi va lavozimi o‘zbek(lotin grafikasida), rus, ingliz tillarida, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili va muloqot telefonlari kiritiladi.
- Annotatsiya (Abstrakt) maqolaning asosiy mazmunini aks ettirishi hamda o‘zbek, rus, ingliz tillarida bo‘lishi shart.
- Kalit so‘zlar (Key words) maqola mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi so‘zlar hisoblanadi.
- Yuborilayotgan har qanday ilmiy maqola kirish qismini (kirish va Introdaction / Xulosalar / Conclusion) ajratib ko‘rsatishga imkon beradigan tuzilishga ega bo‘lishi kerak.
- Maqola matni shrifti “Times New Roman”da, 14 kegelda bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1 intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning maksimal hajmi 16 betdan oshmasligi, minimal hajmi esa 8 betdan kam bo‘lmasligi lozim.
- Maqolada yuqori sifatli illustrativ materiallar taqdim etilishiga harakat qilish muhimdir. Illustrasiyalar aniq bo‘lishi, xalqaro standartlarga muvofiq tuzilgan jadvallardan iborat bo‘lishi, jadval nomlari uning yuqori qismida, chizma yoki rasm nomlari ularning quyi qismida yozilishi hamda ularning manbaasi aniq ko‘rsatilishi lozim.
Adabiyotlar: tarkibi, manbaalar soni (adabiyotlar ro‘yxati hajmi)
- Bir nechta istisnolardan tashqari barcha ma’lumotlarda indekslangan ingliz va o‘zbek tilidagi manbaalarga havolalar bo‘lishi maqsadga muvofiq.
- Adabiyotlar ro‘yxatidagi barcha havolalar maqola matniga kiritilishi kerak.
- Foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro‘yxati [1], [2] yoki [3] ketma-ketligida qo‘yiladi:
- mualliflar ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili nashriyot nomi, yili, betlari;
- mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni, betlari.
Adabiyotlar ro‘yxatlari hajmi eng kami 8-10 ta manbaadan iborat bo‘lishi lozim.
Maqolalar o‘zbek, rus, yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
Yuborilgan maqolalarning barchasi “Antiplagiat” tizimida tekshiriladi va maxsus dasturdagi ko‘rsatkich kamida 65% bo‘lishi talab etiladi. Aks holda, mazkur maqola plagiat deb hisoblanadi va maqola rad etiladi. Mualliflar o‘zlarining ishlariga murojaat qilgan holda iqtibos berishlari mumkin, ammo o‘z ishlariga murojaat qilish chegarasi 15%dan oshmasligi kerak.
Nashr uchun qabul qilingan maqolalar to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng nashr qilinadi. To‘lovni amalga oshirib bo‘lganingizdan keyin chekni rasm yoki pdf formatida elektron pochtangizga yuborilgan bir martalih havola orqali yuborishingizni so‘raymiz. To‘lov summasi 404 120 (to‘rt yuz to‘rt ming bir yuz yigirma) so‘m.