📢 DIQQAT! ILMIY MAQOLALAR QABULI BOSHLANDI!
❗️DIQQAT! ⚡️ILMIY MAQOLALAR QABULI BOSHLANDI!
✅A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti OAK ro‘yxatidan joy olgan, maqolalari xalqaro indeksatsiya bazalariga kirgan “Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” jurnali
2025-yil 5-soni uchun ilmiy maqolalarni qabul qiladi!
Agar siz ta’lim sohasida izlanish olib borayotgan olim, tadqiqotchi yoki mutaxassis bo‘lsangiz, ilmiy maqolangizni jurnalimizda chop etish uchun yuborishingiz mumkin.
📌Qabul qilinadigan yo‘nalishlar:
📖Maktab ta’limi va uzluksiz ta’lim – mamlakatimizdagi islohotlar, xalqaro tajribalar
🚀Zamonaviy pedagogik texnologiyalar – yangi usullar, innovatsiyalar va ularni tatbiq etish
🌍Xalqaro ilmiy tadqiqotlar – maktab ta’limining dolzarb muammolari yuzasidan olib borilayotgan izlanishlar
📊Ta’lim menejmenti va boshqaruvi – kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, xalqaro baholash tadqiqotlari
📚Ilmiy-uslubiy tadqiqotlar – ta’lim standartlari, o‘quv rejalar va dasturlarni ishlab chiqish
🔬Ta’lim strategiyalari – istiqbolli yo‘nalishlar, strategik rejalashtirish va amaliy tadqiqotlar
Maqolalarga qo‘yiladigan talablar:
- Tillar: o‘zbek (lotin alifbosi), rus yoki ingliz
- Maqola sarlavhasi: o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilishi kerak
- Muallif haqida ma’lumot: F.I.Sh., ish joyi, ilmiy daraja, elektron pochta, telefon raqami
- Annotatsiya (Abstrakt): maqolaning qisqacha mazmuni (100-250 so‘z), uch tilda bo‘lishi lozim
- Kalit so‘zlar: 6–8 marta maqola ichida ishlatilishi kerak
- Maqola tuzilishi: kirish, asosiy qism, xulosa bo‘lishi shart
- Format: Times New Roman, 14 shrift, 1 interval, 2 sm hoshiyalar
- Hajm: 8–16 bet
- Illustratsiyalar: aniq, xalqaro standartlarga mos jadval va rasm formatida bo‘lishi kerak
- Adabiyotlar ro‘yxati: ilmiy manbalar asosida yozilishi, kamida 8-10 ta bo‘lishi tavsiya etiladi
- Plagiat tekshiruvi: kamida 65% o‘ziga xoslik talab etiladi
📢 Muhim: Agar maqolada boshqa mualliflarning fikrlari keltirilgan bo‘lsa, albatta havola berilishi kerak. Aks holda, maqola rad etiladi!
❕Maqolalar 2025-yil 22-noyabr sanasiga qadar qabul qilinadi.
🌐Maqolalarni yuborish: https://journal.avloniy.uz
ILM-FAN RIVOJIGA HISSA QO‘SHING – TADQIQOTLARINGIZNI BIZ BILAN BAHAM KO‘RING!
