❗️DIQQAT! ⚡️ILMIY MAQOLALAR QABULI BOSHLANDI!
❗️DIQQAT!
⚡️ILMIY MAQOLALAR QABULI BOSHLANDI!
👍A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Oliy attestatsiya komissiyasining ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan "Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar" jurnalining 2025-yil 4-soni uchun ilmiy maqolalarni qabul qiladi!
🫵Siz ta’lim sohasida izlanish olib borayotgan olim, tadqiqotchi yoki mutaxassis bo‘lsangiz, ilmiy maqolangizni jurnalimizda chop etish uchun yuborishingiz mumkin.
🟥Qabul qilinadigan yo‘nalishlar:
🟣Maktab ta’limi va uzluksiz ta’lim – mamlakatimizdagi islohotlar, xalqaro tajribalar
🟣Zamonaviy pedagogik texnologiyalar – yangi usullar, innovatsiyalar va ularni tatbiq etish
🟣Xalqaro ilmiy tadqiqotlar – maktab ta’limining dolzarb muammolari yuzasidan olib borilayotgan izlanishlar
🟣Ta’lim menejmenti va boshqaruvi – kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, xalqaro baholash tadqiqotlari
🟣Ilmiy-uslubiy tadqiqotlar – ta’lim standartlari, o‘quv rejalar va dasturlarni ishlab chiqish
🟣Ta’lim strategiyalari – istiqbolli yo‘nalishlar, strategik rejalashtirish va amaliy tadqiqotlar
🔍Maqolalarga qo‘yiladigan talablar:
▪️Tillar: o‘zbek (lotin alifbosi), rus yoki ingliz
▪️Maqola sarlavhasi: o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilishi kerak
▪️Muallif haqida ma’lumot: F.I.Sh., ish joyi, ilmiy daraja, elektron pochta, telefon raqami
▪️Annotatsiya (Abstrakt): maqolaning qisqacha mazmuni (100-250 so‘z), uch tilda bo‘lishi lozim
▪️Kalit so‘zlar: 6–8 marta maqola ichida ishlatilishi kerak
▪️Maqola tuzilishi: kirish, asosiy qism, xulosa bo‘lishi shart
▪️Format: Times New Roman, 14 shrift, 1 interval, 2 sm hoshiyalar
▪️Hajm: 8–16 bet
▪️Illustratsiyalar: aniq, xalqaro standartlarga mos jadval va rasm formatida bo‘lishi kerak
▪️Adabiyotlar ro‘yxati: ilmiy manbalar asosida yozilishi, kamida 8-10 ta bo‘lishi tavsiya etiladi
▪️Plagiat tekshiruvi: kamida 65% o‘ziga xoslik talab etiladi
❗️Muhim: Agar maqolada boshqa mualliflarning fikrlari keltirilgan bo‘lsa, albatta havola berilishi kerak. Aks holda, maqola rad etiladi!
📆Maqolalar 2025-yil 30-avgust sanasiga qadar qabul qilinadi.
https://t.me/avloniyuz https://www.facebook.com/avloniy.uz
