7-SINFDAN BOSHLAB PISA YONDOSHUVI ASOSIDA O‘QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI
Qisqa mazmun
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining 7-sinflarida PISA (Programme for International Student Assessment) yondashuvi asosida o‘qish savodxonligini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik samaradorligi tahlil qilinadi. Avvalo, 7-sinf o‘quvchilariga o‘qish savodxonligi nima ekanligini tushuntirish va matnlarni qanday o‘zlashtirish lozimligi bo‘yicha to‘g‘ri yondashuvlarni shakllantirish hozirgi PISA talablarining asosiy qoidalaridan biri hisoblanadi.
Tadqiqotda PISA o‘qish savodxonligining asosiy komponentlari — matnni tushunish, talqin qilish, baholash va undan foydalanish ko‘nikmalarini ona tili darslariga integratsiya qilishning pedagogik samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari PISA yondashuvi o‘quvchilarning funksional savodxonligi va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi. Amaldagi darsliklardagi matnlar bilan PISA darajasidagi matnlarning solishtirma tahlili amalga oshiriladi hamda olingan natijalar kuzatiladi. Matnni o‘qib tushunishga oid topshiriqlar ishlab chiqilib, ularni raqamli texnologiyalar asosida bajarish ta’lim sifatini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Manbalar
- Elkonin D. B. The Psychology of Preschool Children. – Cambridge, MA: MIT Press, 1971.
- Ismailov A., Palvannazirov S., Ruziyeva Q., Uralova M. PISA o‘qish savodxonligi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2025.
- Mullis I. V. S., Martin M. O., Hooper M. PIRLS 2016 International Results in Reading. – Boston: TIMSS & PIRLS International Study Center, Boston College, 2017.
- PISA Reading Literacy Framework. – Paris, 2018
- Rahmonova D. Sh. Raqamli ta’lim muhitida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirish. – Toshkent: Pedagogik ta’lim, 2021.
- Toraqulov I. O‘quvchilarning savodxonligini oshirishda PISA xalqaro baholash dasturi. -T.: Oriens .uz,2022.
- Sharafiddinova I.X PISA tadqiqotlar asosida o‘quvchilarda o‘qish savodxonligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ayrim mulohazalar// JARTES. – 2024.
Maqoladagi kalit so‘zlar
PISA, o‘qish savodxonligi, funksional savodxonlik, ona tili ta’limi, matnni o‘qib tushunish, ta’limda integratsiya