ESG STANDARTLARINING OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA AMALIY QO‘LLANILISHI: TALABALAR FIKRI ASOSIDAGI EMPIRIK TAHLIL
Qisqa mazmun
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasasida ESG (Standards and Guidelines for Quality Assurance in the European Higher Education Area) tamoyillarining amaliy qo‘llanilish holati talabalar fikri asosida empirik tahlil qilindi. Tadqiqot davomida professor-o‘qituvchilarning dars berish sifati, o‘quv jarayonlarining tashkil etilishi, talabaga yo‘naltirilgan ta’lim, baholash tizimining shaffofligi hamda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi. So‘rovnoma natijalari statistik tahlil qilinib, ESG standartlarining ayrim komponentlari oliy ta’lim muassasasida samarali qo‘llanilayotgani aniqlandi. Shu bilan birga, baholash tizimi, feedback mexanizmlari va raqamli infratuzilmani takomillashtirish zarurligi qayd etildi. Tadqiqot yakunida ESG tamoyillarini takomillashtirishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Manbalar
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5847-son Farmoni. Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. – Toshkent, 2019.
- Lee Harvey, Diana Green. Defining Quality // Assessment and Evaluation in Higher Education. – 1993. – Vol. 18(1).
- Tia Loukkola, Ting Zhang. Examining Quality Culture: Part I – Quality Assurance Processes in Higher Education Institutions. – Brussels: ENQA, 2010.
- Reimagining our futures together: A new social contract for education. – Paris: UNESCO Publishing, 2021.
- Ravshan Ishmuhamedov, Abduqodir Abduqodirov. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.
- Standards and Guidelines for Quality Assurance in the European Higher Education Area (ESG). – Brussels: European Association for Quality Assurance in Higher Education (ENQA), 2015.
- Radjiyev, F.Karimov, A.G.Ibragimov. TALIS-2018 xalqaro tadqiqotlari talablari asosida o‘tkazilgan so‘rovnoma va tadqiqot hisobotining ma’lumotlar to‘plami 1-2-to‘plamlar // A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti. – Toshkent, 2022 yil.
Maqoladagi kalit so‘zlar
ESG standartlari, ta’lim sifati, oliy ta’lim, sifatni ta’minlash, talabaga yo‘naltirilgan ta’lim, baholash tizimi, raqamli ta’lim, elektron ta’lim platformalari, akademik muloqot, ta’lim boshqaruvi