HAMKORLIKDA O‘QITISH (CO-TEACHING) METODIKASINING PREZIDENT MAKTABLARI INGLIZ TILI DARSLARIDA KOGNITIV-ANALITIK FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHDAGI O‘RNI
Qisqa mazmun
Mazkur maqolada Prezident maktablari ingliz tili darslarida hamkorlikda o‘qitish (co-teaching) metodikasining o‘quvchilarda kognitiv-analitik fikrlashni shakllantirishdagi o‘rni ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot bir sinfda bir vaqtning o‘zida native speaker (chet ellik o‘qituvchi) va mahalliy ingliz tili fani o‘qituvchisi hamkorligida olib borilgan darslar tajribasiga asoslanadi. O‘rganish jarayonida grammatika materiallarini o‘zbek tili bilan qiyosiy tahlil asosida tushuntirish hamda speaking ko‘nikmalarini native speaker ishtirokida rivojlantirish o‘quvchilarning tilni ongli, tez va mustahkam o‘zlashtirishiga xizmat qilgani aniqlangan. To‘rt yillik (2021-2025) statistik ma’lumotlar tahlili ushbu metodikaning samaradorligini, xususan, o‘quvchilarning xalqaro IELTS natijalari sezilarli darajada oshganini ko‘rsatadi. Maqolada, shuningdek, hamkorlikda o‘qitish jarayonida amalga oshiriladigan kognitiv-analitik operatsiyalar (taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, metakognitiv fikrlash) mexanizmlari yoritilgan. Muallif tomonidan ushbu metodikaning umumta’lim maktablarida joriy etish istiqbollari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son Farmoni bilan belgilangan vazifalar kontekstidagi ahamiyati asoslab berilgan.
Manbalar
- Friend, M., & Cook, L. (2016). Interactions: Collaboration Skills for School Professionals. Boston: Pearson.
- Harmer, J. (2015). The Practice of English Language Teaching. Harlow: Pearson Education Limited.
- Murdoch, K. (2021). Collaborative Teaching for Developing Analytical Skills in EFL Students. English Teaching Journal, 15(1), 23–41.
- Murdoch, K., & Parnell, M. (2019). Co-Teaching in Foreign Language Classrooms: Strategies and Outcomes. Journal of Language Teaching Research, 10(2), 45–62.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-55-son Farmoni. “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. Toshkent. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti. (2024-yil, 1-aprel).
- Prezident maktablari ta’lim bo‘limi (2025). O‘quvchilar va IELTS natijalari bo‘yicha Prezident maktablari ichki statistikasi (2021–2025).
- Richards, J.C., & Rodgers, T.S. (2014). Approaches and Methods in Language Teaching. Cambridge: Cambridge University Press.
- Vygotsky, L.S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Cambridge, MA: Harvard University Press.
Maqoladagi kalit so‘zlar
co-teaching, kognitiv-analitik fikrlash, native speaker, Prezident maktablari, ingliz tili ta’limi, yaqin rivojlanish zonasi