INGLIZ TILI FANIDAN KASBIY RIVOJLANISH KUNLARINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Qisqa mazmun
Mazkur maqolada ingliz tili fanidan kasbiy rivojlanish kunlarini (KRK) samarali tashkil etish masalasi yoritilgan. Unda KRKning o‘qituvchi kasbiy o‘sishidagi o‘rni, uni tashkil etishga ta’sir qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar hamda bu jarayonning amaliy holati tahlil qilingan. Maqolada nazariy manbalar asosida samarali kasbiy rivojlanish mazmunan aniq, amaliyotga yaqin, hamkorlikka asoslangan va uzluksiz bo‘lishi zarurligi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, ingliz tili o‘qituvchilari orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari KRKlar muntazam tashkil etilayotganini, biroq ularning mazmunini o‘qituvchilarning real ehtiyojlariga yanada moslashtirish, amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish va monitoringni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatgan. Maqolada KRKni ehtiyojga asoslangan, faol o‘rganish, refleksiya va professional hamkorlik asosida takomillashtirish zarurligi asoslangan. Natijada KRKni rasmiy tadbir emas, balki o‘qituvchining dars amaliyotiga real ta’sir ko‘rsatadigan kasbiy rivojlanish muhiti sifatida tashkil etish muhim degan xulosaga kelingan.
Manbalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1.Alixanova, D. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida o‘quv leksik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish: 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili): ped. fan. bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss. avtoref. – Toshkent, 2025. –21-bet
- 2. Avalos, B. Teacher professional development in Teaching and Teacher Education over ten years // Teaching and Teacher Education. – 2011. – Vol. 27. – No. 1. – P. 10–20.
- 3. Darling-Hammond, L., Hyler, M. E., Gardner, M. Effective Teacher Professional Development. – Palo Alto, CA: Learning Policy Institute, 2017. – 132 p.
- 4. Desimone, L. M. Improving impact studies of teachers’ professional development: Toward better conceptualizations and measures // Educational Researcher. – 2009. – Vol. 38. – No. 3. – P. 181–199.
- 5. DuFour, R. What Is a “Professional Learning Community”? // Educational Leadership. – 2004. – Vol. 61. – No. 8. – P. 6–11.
- 6. Fayzullayeva, G. Sh. O‘qituvchi kasb standartini amaliyotda qo‘llashning kognitiv mexanizmlarini takomillashtirish (P5BL yordamida): ped. fan. bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss. avtoref. – Toshkent, 2024. – 80 b.
- 7. Guskey, T. R. Does It Make a Difference? Evaluating Professional Development // Educational Leadership. – 2002. – Vol. 59. – No. 6. – P. 45–51.
- 8. Guskey, T. R. Professional development and teacher change // Teachers and Teaching: Theory and Practice. – 2002. – Vol. 8. – No. 3–4. – P. 381–391.
- 9. Ibragimov, A. Ta’lim tizimida pedagoglarning innovatsion faoliyatini rivojlantirishning didaktik asoslari: ped. fan. doktori (DSc) diss. avtoref. – Toshkent, 2021. – 64-bet
Maqoladagi kalit so‘zlar
kasbiy rivojlanish kuni, uzluksiz kasbiy rivojlanish (CPD), ingliz tili ta’limi, pedagogik shart-sharoitlar, professional hamjamiyat, refleksiv amaliyot, mikroo‘qitish, dars tahlili, hamkorlikda o‘rganish, o‘qituvchilar malakasini oshirish