INQUIRY ARC (C3 FRAMEWORK) METODI ASOSIDA TARIX DARSLARI ORQALI O‘QUVCHILARDA TARIXIY TAFAKKUR VA TADQIQOTCHILIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

99 16.01.2026 Turapova Nafosat Muratdinovna 10.66023/MT/v2026_i225/227

Qisqa mazmun

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitish jarayonida Inquiry Arc (C3 Framework) metodidan foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslari, uning o‘quvchilarda tarixiy tafakkur va tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirishdagi ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy tarix ta’limining dolzarb vazifalari sifatida o‘quvchini ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish, tarixiy hodisa va jarayonlarni sabab–oqibat aloqalari asosida anglashga yo‘naltirish, shuningdek tarixiy dalillarni izlash, tahlil qilish va baholash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari yoritiladi. Inquiry Arc metodining muammo qo‘yish, dalillar bilan ishlash, tahlil va xulosalash hamda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish bosqichlari tarix fanining mazmuniga mos holda talqin qilinib, ularning tarixiy tafakkurning asosiy tarkibiy qismlari bilan o‘zaro bog‘liqligi asoslab beriladi. Maqolada tarixiy tafakkur tushunchasining nazariy talqini, uning tarkibiy qismlari (xronologik, mantiqiy, manbashunoslik, tanqidiy va baholovchi tafakkur) ilmiy manbalar asosida izohlanadi. Shuningdek, tadqiqotchilik kompetensiyasining mazmuni, tarix darslarida ushbu kompetensiyani shakllantirishning didaktik shart-sharoitlari, Inquiry Arc metodining afzalliklari va amaliy natijalari tahlil qilinadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Inquiry Arc metodi asosida tashkil etilgan tarix darslari o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tarixiy dalillarni izlash va tahlil qilish, asoslangan xulosa chiqarish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga samarali xizmat qiladi. Maqolada tahlil va sintez, qiyosiy taqqoslash, pedagogik modellashtirish hamda nazariy umumlashtirish metodlaridan foydalanildi.

Manbalar

  1. 1.    O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. Toshkent, 2020.    20-23-moddalar, 38-41-moddalar.

    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60-son Farmoni. “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”. Toshkent, 2022-yil 28-yanvar. IV-bob, 41–45-bandlar.
    2. National Council for the Social Studies. The C3 Framework for Social Studies State Standards. -Washington, DC, 2017. pp. 23-45, 85-110.
    3. Wineburg S., Martin D., Monte-Sano C. Reading Like a Historian. New York, 2016. -pp. 1-32, 67-94.
    4. Seixas P., Morton T. The Big Six Historical Thinking Concepts. Toronto, 2017. pp. 11-38, 59-87.
    5. Levstik L., Barton K. Doing History. New York, 2016. pp. 41-72, 101-134.
    6. Bruner J. Culture of Education. Cambridge, 2016. pp. 72–98.
    7. Musurmonova O. Umumiy pedagogika. -Toshkent: Fan, 2019. 98-112-betlar.
    8. Jumanazarov R. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. -Toshkent, 2021. 134-156-betlar.

Maqoladagi kalit so‘zlar

Inquiry Arc metodi, tarixiy tafakkur, tadqiqotchilik kompetensiyasi, muammoli ta’lim, dalilga asoslangan tahlil, tarixiy manbalar, C3 Framework

Biriktirilgan hujjatlar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda