KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA MUSTAQIL TA’LIM SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING INTEGRATSIYALASHGAN MODELI
Qisqa mazmun
Mazkur maqolada mustaqil ta’lim samaradorligini baholashning an’anaviy yondashuvlardan farqli jihatlari tahlil qilingan hamda zamonaviy pedagogik menejment asosida kompleks metodik model taklif etilgan. Tadqiqotda kasbiy rivojlanishni baholashning kognitiv, kompetensiyaviy va institutsional darajalari asoslab berilgan. Kompetensiyaviy paradigma, reflektiv amaliyot nazariyasi, data-driven menejment va adaptiv liderlik konsepsiyalarining integratsiyasi asosida rahbarlarning kasbiy o‘sishini aniqlash mexanizmlari ishlab chiqilgan. Kompetensiya asosidagi diagnostik-reyting modeli, portfolio va reflektiv evidensiya hamda ma’lumotlarga asoslangan indikatorlar tizimi orqali mustaqil ta’lim natijadorligini obyektiv baholash usullari yoritilgan. Maqolada maktab direktorlari kompetensiyalarining rivojlanishi real institutsional natijalar bilan bog‘lanib, baholashning ilmiy, tizimli va amaliy ahamiyati ochib berilgan.
Manbalar
1. Abduqodirov A.A, Pardayev A.X. Masofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti. –T.: Fan, 2009. –145 b.
- 2. Asadov Y.M. Boshlang‘ich ta’limda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim paradigmasi // Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tezislari to‘plami. –T: 2014. –10-14-b.
- 3. Аlkаrоv, E.M. (2026). Mаktаb rаhbаr kаdrlаrini uzluksiz kаsbiy rivоjlаntirish tizimini yаngi bоsqichgа оlib chiqish mexаnizmi // Mаktаb tаʼlimi: muаmmоlаr, izlаnishlаr, yechimlаr. – 6(1). – B. 1–10. https://оrcid.оrg/0000-0003-3215-3135
- 4. Gulboyev A.T., Pedagogik tashxis vositasida o‘qituvchilar malakasini uzluksiz oshirish: diss. ped. fan. nomzodi. – Toshkent, 2010.
- 5. Daminova Sh.K., Umumta’lim maktablari rahbarlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida mustaqil ta’lim shaklini joriy etishning zarurati// Mаktаb tаʼlimi: muаmmоlаr, izlаnishlаr, yechimlаr. – 4(1). – B. 136–144. https://doi.org/10.66023/mt/v2026_i286/316
- 6. Mardonov Sh.Q. Pedagog kadrlarni ta’limiy qadriyatlar asosida tayyorlash va malakasini oshirishning pedagogik asoslari. Ped. fan. dok. ... dis. – Toshkent.: 2006. – 122-123 b.
- 7. Turg‘unov S.T. va boshqalar. O‘qituvchilarning kasbiy mahorat va kompetentliligini rivojlantirish mexanizmi – Toshkent., «Voris-Nashriyot»., 2012. – 167 b.
- 8. Xudoyberdiyev E.U. Umumta’lim muassasalarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish mexanizmini takomillashtirish. Ped.fan… (PhD), diss. – Toshkent, 2025. – 168 b.
Maqoladagi kalit so‘zlar
mustaqil ta’lim, samaradorlik, kompetensiyaviy paradigma, diagnostik-reyting, reflektiv amaliyot, portfolio, data-driven management, adaptiv liderlik, kasbiy rivojlanish, indikatorlar tizimi, ta’lim menejmenti, baholash modeli