MAKTAB-OILA HAMKORLIGI: ZAMONAVIY TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR
Qisqa mazmun
Ushbu maqolada maktab va oila o‘rtasidagi hamkorlikning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni hamda uning pedagogik jihatdan innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etilishi tahlil qilinadi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida o‘quvchi shaxsining har tomonlama rivojlanishi, uning mustaqil fikrlashi va ijtimoiy faol pozitsiyasini shakllantirishda oila va maktab o‘rtasidagi uzviy hamkorlik muhim omil sanaladi. Maktab-oila aloqalarini yangi pedagogik texnologiyalar, raqamli platformalar, onlayn muloqot vositalari hamda interaktiv pedagogik yondashuvlar orqali takomillashtirish zamonaviy ta’lim talablariga mos ravishda o‘quvchilarning individual rivojlanishini ta’minlaydi. Maqolada ota-onalar bilan ishlashda innovatsion metodlardan, masalan, “ota-onalar qo‘mitalari”, “pedagogik maslahat kunlari” kabi amaliy shakllardan foydalanishning samaradorligi asoslab beriladi. Shuningdek, o‘qituvchi, o‘quvchi va ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hamkorlik madaniyati va pedagogik sheriklik tamoyillari ta’lim sifatini oshirishda hal qiluvchi omil sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion yondashuvlar asosida yo‘lga qo‘yilgan maktab-oila hamkorligi nafaqat ta’lim samaradorligini, balki o‘quvchilarning ijtimoiy faolligi, kommunikativ ko‘nikmalari va tarbiyaviy madaniyatini ham sezilarli darajada rivojlantiradi.
Manbalar
1. Ashfaq, O., Sami, A., & Yousaf, H. (2024). Parent-Teacher Collaboration and its Effect on Student’s Achievement. Pakistan Social Sciences Review, 8(2), April–June 2024..
- 2. Bierman, K. L., & Sheridan, S. M. (2022). Family-School Partnerships During the Early School Years: Advancing Science to Influence Practice. Cham: Springer International Publishing.
- 3. Luna, R., & Del Valle, J. (2023). Role of Parent-Teacher Partnership in Learners’ Academic Performance. International Journal of Educational Management and Development Studies, 4(2), 41–63.
- 4. Maydonova, S. (2025). O‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirishda oila va maktab o‘rtasidagi hamkorlikning innovatsion usullari. 5(S/7), 249 253.
- 5. Ashfaq, O., Sami, A., & Yousaf, H. (2024). Parent Teacher Collaboration and its Effect on Student’s Achievement at Pre School Level. Pakistan Social Sciences Review, 8(2), 386 399.
- 6. Ergin, D. Y., Dogan, C., & Cayak, S. (2024). Parent school collaboration based on the frequency of visits to their child’s school. Asian Journal of Education and Training, 10(2), 81 88.
- 7. Malatji, M. J. (2021). Implications of parent teacher collaboration for learners’ academic performance in the Foundation Phase. Journal of Educational Studies, 20(1), 22 37.
- 8. Pennington, S. E., Tang, J. H., Divoll, K., & Correll, P. (2024). A Scoping Literature Review on Parent Interactions with Teachers and School Environments at the Middle Level. Education Sciences, 14(12), 1364.
Maqoladagi kalit so‘zlar
maktab-oila hamkorligi, innovatsion yondashuvlar, raqamli ta’lim, ota-onalar ishtiroki, ta’lim sifati, zamonaviy pedagogika, maslahatlashuv uchrashuvlari, muloqot, ota-onalar yig‘ilishlari.