MAKTAB TA’LIMI VA UZLUKSIZ TA’LIM: MILLIY ISLOHOTLAR VA XALQARO TAJRIBALAR

207 13.09.2025 Daminova Goʻzal Vaydulla qizi

Qisqa mazmun

Ushbu maqolada maktab ta’limi va uzluksiz ta’lim tizimining mohiyati, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar hamda xalqaro tajribalar tahlil qilinadi. Maktab ta’limi shaxs kamolotining asosiy bosqichi bo‘lib, u uzluksiz ta’lim tizimining poydevorini tashkil etadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlar umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirishga, zamonaviy maktablar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, xalqaro miqyosda tan olingan Finlyandiya, Janubiy Koreya va Germaniya kabi davlatlarning ta’lim tajribalari o‘rganilib, ularning uzluksiz ta’lim konsepsiyasidagi yondashuvlari tahlil qilinadi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, uzluksiz ta’lim inson kapitalini rivojlantirish, yoshlarni raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Mazkur maqolada milliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘llari, xalqaro tajribadan samarali foydalanishning afzalliklari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar ilmiy asosda bayon etilgan.

Manbalar

    1. Abdullayeva B.S., Tursunova M.B., Xaydarova M.X. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani: Darslik (60110500 – Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun). – Toshkent: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti nashriyoti, 2022.
    2. Karimova, N. R. . Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi. – Toshkent: 2020.
    3. Mavlonova R.A., Rahmonqulova N.H., Matnazarova K.O., Shirinov M.K., Hafizov S. Umumiy pedagogika. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.
    4. Mavlonova R., Raxmankulova N. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi: O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Voris nashriyoti, 2013.
    5. Xodjaboyev A.R., Xusanov I.A., Nishonaliyev U.N. Kasbiy ta’lim metodologiyasi: O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti nashriyot, 2006.
    6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 11-12-son, 1997. 295-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 15-son, 150-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son. LEX.UZ.
    7. Zamilova R.R. Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va inklyuziv ta’lim. Darslik. –Namangan: USMON NOSIR MEDIA, 2023.

Maqoladagi kalit so‘zlar

Maktab ta’limi, uzluksiz ta’lim, islohotlar, xalqaro tajriba, milliy dastur, ta’lim tizimi, innovatsiya, malaka oshirish

Biriktirilgan hujjatlar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda