PEDAGOGIK FAOLIYATDA UCHRAYDIGAN KASBIY MUAMMOLARGA ASOSLANGAN MAKTAB ICHKI KASBIY RIVOJLANISH MODELI
Qisqa mazmun
Mazkur maqolada O‘zbekiston umumiy o‘rta taʻlim tizimida amalga oshirilayotgan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlariga hamda maktablarda mavjud metodik birlashma amaliyotiga tayangan holda, o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida yuzaga keladigan aniq kasbiy muammolarni tizimli ravishda aniqlash va ularni kasbiy rivojlanish mazmuniga aylantirishga qaratilgan qo‘shimcha mexanizm – “Muammolar banki” va 5R sikli taklif etiladi. Model mavjud kaskadli o‘qitish tizimini (master-trener –mentor-o‘qituvchi –yetakchi o‘qituvchi –fan o‘qituvchisi) almashtirmaydi, balki uning mazmunini shakllantirish bosqichiga alohida o‘qituvchilar va metodik birlashmalar darajasidagi real ehtiyojlarni uzluksiz ravishda yetkazib turuvchi qo‘shimcha qatlam qo‘shadi. Maqolada modelning tuzilishi, amaliyotga joriy etish mexanizmi hamda kutilayotgan afzalliklari va cheklovlari yoritiladi.
Manbalar
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 28-apreldagi PF-73-son Farmoni.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son qarori.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori.
- O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi 2024-yil 7-avgustdagi 246-son buyrug‘i.
- O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “2025-2026-o‘quv yilida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida”gi 2025-yil 30-iyundagi 216-son buyrug‘i.
- Gaffarov A.M. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlashda “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari: amaliyot tahlili // Maktabgacha va maktab ta’limi. - 2026. - № 5(3). - B. 115-123.
- Axmedov I.N. Pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi: yangi tizim, zamonaviy yondashuv va amaliy natijalar // Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar. - 2026. - Maxsus son. - B. 136-140.
- City E.A., Elmore R.F., Fiarman S.E., Teitel L. Instructional Rounds in Education: A Network Approach to Improving Teaching and Learning. - Cambridge, MA: Harvard Education Press, 2009.
- DuFour R., Eaker R. Professional Learning Communities at Work: Best Practices for Enhancing Student Achievement. - Bloomington, IN: Solution Tree Press, 1998.
- Kemmis S., McTaggart R., Nixon R. The Action Research Planner: Doing Critical Participatory Action Research. - Singapore: Springer, 2014.
- KRK elektron platformasi. A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti. Rasmiy ma’lumotlar. - https://krk.avloniy.uz
- Lee H.-J. Developing a Professional Development Program Model Based on Teachers' Needs // The Professional Educator. - 2004. - Vol. 27, No. 1/2. - P. 39-49.
- Bryk A.S., Gomez L.M., Grunow A., LeMahieu P.G. Learning to Improve: How America's Schools Can Get Better at Getting Better. - Cambridge, MA: Harvard Education Press, 2015.
Maqoladagi kalit so‘zlar
uzluksiz kasbiy rivojlanish; “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati”; mentor-o‘qituvchi; metodik birlashma; amaliyotdagi muammo tushunchasi; Muammolar banki; ehtiyojga asoslangan kasbiy rivojlanish; 5R sikli; kaskadli o‘qitish modeli; pedagogik amaliyot; maktab ichki kasbiy rivojlanishi