PEDAGOG KADRLARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH MUASSASALARI RAHBARLARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI REYTING ASOSIDA BAHOLASH: METODOLOGIK YONDASHUV VA AMALIY NATIJALAR

58 25.09.2026 Qodirov Sirojiddin Raxmonovich 10.66023/MT/v_i399/443

Qisqa mazmun

Mazkur maqolada pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantirish muassasalari rahbarlari faoliyati samaradorligini reyting asosida baholash tizimining metodologik xususiyatlari va uni amaliyotda qo‘llash natijalari tahlil qilingan. Tadqiqot “Kasbiy mahorat yetakchisi” respublika tanlovi doirasida tasdiqlangan baholash mezonlari hamda 8 ta hududiy pedagogik mahorat markazi rahbarlari faoliyati bo‘yicha shakllangan empirik ma’lumotlar (n=8) asosida amalga oshirilgan. 

Baholash modeli rahbar faoliyatini to‘rt yo‘nalish – hududda ta’lim sifatini oshirish natijalari, moliyaviy barqarorlik, zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etish, tajribali kadrlar bilan ta’minlash va boshqaruv – bo‘yicha 100 ballik shkalada kompleks baholashga asoslangan. To‘rtinchi yo‘nalish uchun belgilangan 40 ball tarkibiga rahbarning strategik loyihasini ko‘p baholovchili ekspert usulida himoya qilishi uchun ajratilgan 10 ball ham kiritilgan. Tadqiqot natijalari asosida reyting tizimining miqdoriy aniqligi, ko‘p o‘lchovliligi va ko‘p manbali baholashga asoslanganligi uning asosiy metodologik afzalliklari sifatida belgilanib, tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

 

Manbalar

    1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi. “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovida markaz direktorining faoliyat natijalarini baholash va reyting ballarini hisoblash mezonlari. 2026-yil 9-sentabrda tasdiqlangan.
    2. Day, C., Gu, Q., & Sammons, P. The impact of leadership on student outcomes: How successful school leaders use transformational and instructional strategies to make a difference. Educational Administration Quarterly, 2016. 52(2), 221–258.
    3. Leithwood, K., & Louis, K. S. Linking Leadership to Student Learning. San Francisco: Jossey-Bass. 2012.
    4. OECD. TALIS 2018 Results (Volume II): Teachers and School Leaders as Valued Professionals. OECD Publishing. 2020.
    5. World Bank. World Development Report 2018: Learning to Realize Education’s Promise. Washington, DC: World Bank. 2018.

Maqoladagi kalit so‘zlar

ta’lim boshqaruvi, pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantirish, rahbar faoliyati samaradorligi, reyting tizimi, baholash mezonlari, KPI, ko‘p manbali baholash, ta’lim sifati

Biriktirilgan hujjatlar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda