PISA TADQIQOTLARI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING O‘QUV YUTUQLARINI BAHOLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Qisqa mazmun
Mazkur maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimidagi asosiy muammolar chuqur tahlil asosida ko‘rib chiqilgan. Mavzuning dolzarbligi — ta’lim tizimi har qanday jamiyatning taraqqiyotini belgilovchi asosiy omillardan biri ekanligidadir. So‘nggi yillarda mamlakatda ta’lim islohotlari olib borilayotgan bo‘lsa-da, hanuzgacha o‘quv dasturlarining zamonaviy hayotga mos emasligi, baholash tizimining yodlashga asoslangani, o‘qituvchilarning malaka muammolari, raqamli tengsizlik va ta’lim-tarbiya uyg‘unligining zaifligi kabi bir qator muammolar mavjud. Shuningdek, maqolada PISA kabi xalqaro baholash dasturlari orqali O‘zbekiston o‘quvchilarining past natijalari sababli tizimli tahlil amalga oshiriladi. Ilg‘or xorijiy tajribalar bilan taqqoslash orqali ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari suriladi. Jumladan, ko‘nikma va funksional savodxonlikka yo‘naltirilgan baholash tizimini joriy etish, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim mazmunini hayotga yaqinlashtirish hamda texnologiyalarning uzluksiz integratsiyasiga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu maqola tahliliy yondashuv asosida ta’lim tizimini chuqur o‘rganish va uni takomillashtirish yo‘llarini belgilashga xizmat qiladi.
Manbalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “ O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030- yilgacha rivojlanishtirish konsepsiyaisini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5712-sonli Farmoni
- 2. A.A.Ismailov,G Tog‘ayeva va boshqalar.(2019) “Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘icha savodxonligini baholash” metodik qo‘llanma,Toshkent.
- 3. OECD. (2023). PISA 2022 Results (Volume I): The State of Learning and Equity in Education. Paris: OECD Publishing. https://www.oecd.org/pisa/
- 4. Xamidov M. (2021). “Ta’lim sifatini baholashda xalqaro dasturlar: PISA tahlil natijalari va O‘zbekiston uchun tavsiyalar”. Ilmiy-amaliy ta’lim jurnali, №2.
- 5. Karimova Z. (2023). “PISA dasturi: O‘zbekistonning ilk ishtiroki va natijaviy tahlil”. Xalq ta’limi, №4.
- 6. UNESCO. (2022). Global Education Monitoring Report: Technology and Education. https://en.unesco.org/gem-report/
- 7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. (2022). O‘zbekistonning PISA 2022 natijalari bo‘yicha hisobot. Toshkent.
- 8. Djalilova N. (2020). “PISA xalqaro tadqiqoti va O‘zbekiston maktab ta’limidagi imkoniyatlar”. Pedagogik innovatsiyalar, №3(15).
- 9. World Bank. (2018). Learning to Realize Education’s Promise. Washington, D.C.: World Bank Group. https://www.worldbank.org
- 10. Saidov A. (2023). “Ta’limda baholash tizimini takomillashtirish yo‘llari: xalqaro tajriba asosida yondashuv”. Yangi O‘zbekiston ilmlari, №1.
Maqoladagi kalit so‘zlar
ta’lim, ta’lim tizimi, muammo, baholash, xalqaro baholash, savodxonlik