RAHBAR KADRLARNING KASBIY EHTIYOJLARI, RAQAMLI KOMPETENTLIGI VA MALAKA OSHIRISH NATIJADORLIGINI BAHOLASH BO‘YICHA MONITORING NATIJALARI
Qisqa mazmun
Maqolada ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining kasbiy ehtiyojlari, raqamli kompetentligi va malaka oshirish natijadorligini baholash bo‘yicha monitoringning tashkiliy-metodik asoslari hamda uning birinchi -diagnostik bosqichi natijalari bayon etilgan. Uch blokdan iborat monitoring modeli ishlab chiqilib, har bir blok uchun ko‘rsatkichlar tizimi, baholash vositalari va ma’lumot manbalari belgilangan. Malaka oshirish tizimida faoliyat yuritayotgan elektron platformalar – “Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasi, ERP.MAKTAB.UZ, eMaktab.uz va “Pedagog” platformasi – monitoring uchun zarur ma’lumotlarni qanday hajmda ta’minlay olishi jihatidan tahlil qilingan. Rahbarning raqamli kompetentligini baholashning olti darajali shkalasi hamda malaka oshirish natijadorligini baholashning to‘rt darajali modeli asoslangan. Diagnostik bosqich natijalari mavjud raqamli muhit monitoringning birinchi va ikkinchi darajasini qisman, uchinchi va to‘rtinchi darajasini esa amalda ta’minlamasligini ko‘rsatdi; shu asosda monitoring tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Manbalar
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni. O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabr.
- 2. O‘zbekiston Respublikasining «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi Qonuni. O‘RQ-901-son, 2024-yil 1-fevral.
- 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-6079-son Farmoni. 2020-yil 5-oktabr.
- 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4963-son qarori. 2021-yil 25-yanvar.
- 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-231-son qarori. 2024-yil 21-iyun.
- 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 867-son qarori. 2024-yil 20-dekabr.
- 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 130-son qarori. 2025-yil 28-fevral.
- 8. Guskey T.R. Evaluating Professional Development. – Thousand Oaks, CA: Corwin Press, 2000.
- 9. Kampylis P., Punie Y., Devine J. Promoting Effective Digital-Age Learning: A European Framework for Digitally-Competent Educational Organisations. EUR 27599 EN. – Luxembourg: Publications Office of the European Union, 2015. DOI: 10.2791/54070.
- 10. Kirkpatrick D.L., Kirkpatrick J.D. Evaluating Training Programs: The Four Levels. 3rd ed. – San Francisco: Berrett-Koehler Publishers, 2006.
- 11. Normen-Smith J., van Cappelle F., Atis E., Ghobashy D. Six Pillars for the Digital Transformation of Education: A Common Framework. – Paris: UNESCO, 2024. – ED-2024/WS/23.
- 12. OECD. TALIS 2018 Results (Volume II): Teachers and School Leaders as Valued Professionals. – Paris: OECD Publishing, 2020.
- 13. Otamurodov G‘. Malaka oshirish jarayonida rahbar kadrlar boshqaruv kompetentligini rivojlantirishning axborot-metodik tizimlari tahlili // Ilmiy xabarnoma. – Andijon, 2020. – № 2(46).
- 14. Otamurodov G‘.R. Oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining boshqaruv kompetentligini rivojlantirishning integrallashgan axborot-metodik tizimini takomillashtirish: Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss... avtoreferati. – Toshkent, 2020. – 49 b.
- 15. Otamurodov G‘.R. Ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar tahlili va samaradorligi (malaka oshirish kurslari misolida) // Ilmiy xabarnoma. Seriya: Pedagogik tadqiqotlar. – Andijon, 2021. – № 6(58). – B. 5–13.
- 16. Otamurodov G‘. Ta’lim menejmentida samaradorlikni aniqlash mezonlari va ularni joriy etishning pedagogik imkoniyatlari // Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar. – Toshkent, 2026. – № 3.
- 17. Redecker C. European Framework for the Digital Competence of Educators: DigCompEdu. EUR 28775 EN. – Luxembourg: Publications Office of the European Union, 2017. DOI: 10.2760/159770.
Maqoladagi kalit so‘zlar
rahbar kadrlar, kasbiy ehtiyoj, raqamli kompetentlik, malaka oshirish, natijadorlik, monitoring, baholash mezonlari, elektron platforma, individual rivojlanish trayektoriyasi, ta’lim menejmenti