TABIIY FAN DARSLARIDA O‘QUVCHILARGA YO‘NALTIRILGAN TA'LIM MUHITINI YARATISH.
31
04.12.2025
Davletova Hamida Xasan qizi
Qisqa mazmun
Mazkur maqolada o‘quvchilarga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti mazmuni, uning zamonaviy ta’limdagi o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Avvalo, o‘quvchilarga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti tushunchasi, uning an’anaviy yondashuvdan farqli jihatlari hamda shaxsiy rivojlanish, hamkorlik va mustaqil fikrlashni shakllantirishdagi o‘rni izohlanadi. Shuningdek, HPL (Highly Performing Learning) va STAR Legacy modellari asosida darsni tashkil etish usullari tahlil qilinib, ularning o‘quvchilarda chuqur bilim olish, refleksiya qilish va real hayotiy vaziyatlarga moslashish imkoniyatlarini kengaytirishi ko‘rsatib o‘tiladi. Bundan tashqari, o‘quvchilarga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida “SWOT” tahlili va “FSMU” metodining qo‘llanishi, ularning o‘quvchilarda mustaqil qaror qabul qilish, kuchli va zaif tomonlarini baholash, imkoniyat va xatarlarni aniqlash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi amaliy ahamiyati ochib beriladi. Ushbu metodlar orqali ta’lim jarayonida o‘quvchilar nafaqat bilimlarni o‘zlashtiradi, balki o‘zini o‘zi rivojlantirishga, tanqidiy va ijodiy fikrlashga yo‘naltiriladi. O‘quvchilarga yo‘naltirilgan o‘rganish muhitini yaratish ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi, shaxsiy rivojlanish uchun qulay sharoit yaratadi va o‘quvchilarni XXI asr kompetensiyalari bilan ta’minlashga xizmat qiladi.Manbalar
- 1. Karl R. Rogers. Freedom to Learn: pedagogik yondashuv asosiy klassik asari. – Merrill / Macmillan College Publishing Company, 1994. 434 b
- 2. Komitet: National Research Council va “Committee on Learning Research and Educational Practice”. How People Learn: Brain, Mind, Experience, and School –Ilmiy-amaliy qo‘llanma, National Academies Press (Washington, DC), 2000. 384 b
- 3. Maryellen Weimer. Learner-Centered Teaching: Five Key Changes to Practice –Ilmiy-amaliy qo‘llanma, Jossey-Bass, San Francisco. 2002. 288b
- 4. Daniel L. Schwartz, Sean Brophy, Xiaodong Lin, John D. Bransford. Software for managing complex learning: Examples from an educational psychology course. – Ilmiy maqola, Educational Technology Research and Development. 1999. 39-59-b.
- 5. Moiseeva. N.A. SWОТ-анализ в образования. “Учитель нового века: взгляд молодого исследователя”– Ilmiy maqola, Saransk, 2021.161-164-b
- 6. Ayupova M.Y. Maxsus pedagogika ,O‘quv- uslubiy majmua Toshkent:2023. 139 b.
- 7. H.Davletova, A.Minavvarov,X.Ostonova, S.Rashidova, A.Axmedova. Tabiiy va iqtisodiy fanlar o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish metodikasi, O‘quv qo‘llanma, Toshkent 2025. 172 b