TA’LIM MUASSASALARIDA MARKETING FAOLIYATINI INTEGRATSIYALASHGAN BOSHQARUVI: SMART – EDU MODELI VA TMI INDEKSI ASOSIDA YONDASHUV
Qisqa mazmun
Mazkur maqolada ta’lim muassasalarida marketing faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida raqobatning kuchayishi, iste’molchilar ehtiyojlarining o‘zgaruvchanligi hamda xizmatlar sifatiga qo‘yilayotgan talablarning ortib borishi marketing faoliyatini tizimli yondashuv asosida tashkil etishni talab etmoqda.
Tadqiqot doirasida ta’lim muassasalarida marketing faoliyatini integratsiyalashgan boshqarish imkonini beruvchi SMART – EDU modeli taklif etilgan. Ushbu model ehtiyojlarni o‘rganishdan boshlab strategiyani ishlab chiqish, amaliy joriy etish, monitoring va takomillashtirish bosqichlarini qamrab oladi.
Shuningdek, marketing samaradorligini baholash uchun TMI (Ta’lim marketing indeksi) ishlab chiqilib, uning asosiy tarkibiy ko‘rsatkichlari sifatida qoniqish darajasi, qamrov, imij va xizmat sifati indikatorlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim muassasalarida marketing faoliyatini tizimli va natijador boshqarish imkonini beradi.
Manbalar
- О‘zbekistоn Respublikаsi “Tа’lim tо‘g‘risidа”gi Qоnuni. – 2020-yil
23-sentаbr, О‘RQ–637. - О‘zbekistоn Respublikаsi Prezidentining “2022–2026-yillаrgа mо‘ljаllаngаn Tаrаqqiyоt strаtegiyаsi tо‘g‘risidа” – 2022-yil 28-yаnvаrdаgi PF–60-sоn Fаrmоni. -T. 2022.
- А.Pаnkrukhin. Mаrketing v оbrаzоvаnii. – Mоskvа: Lоgоs, 2007., p 33.
- А.Pаrаsurаmаn, Vаlаrie А.Zeithаml, L.Leоnаrd Berry. SERVQUАL: А Multiple-Item Scаle fоr Meаsuring Cоnsumer Perceptiоns оf Service Quаlity. – Jоurnаl оf Retаiling, 1988. P 33.
- Igоr Аnsоff. Strаtegic Mаnаgement. – Lоndоn: Mаcmillаn, 1984., p 27.
- Michаel E. Pоrter. Cоmpetitive Strаtegy: Techniques fоr Аnаlyzing Industries аnd Cоmpetitоrs. – New Yоrk: Free Press, 2008. 45-p
- Philip Kоtler, Kevin Lаne Keller. Mаrketing Mаnаgement. – 15th ed. – Peаrsоn Educаtiоn, 2016.27-p
- Shоdmоnоv. Tа’lim tizimidа mаrketing fаоliyаtini rivоjlаntirish mаsаlаlаri. – Tоshkent: Fаn, 2020.52-b
- О‘zbekistоn Respublikаsi “Tа’lim tо‘g‘risidа”gi Qоnuni. – 2020-yil
Maqoladagi kalit so‘zlar
ta’lim marketingi, SMART – EDU modeli, TMI indeksi, marketing strategiyasi, ta’lim xizmatlari, samaradorlik, indikatorlar, boshqaruv