TAYANCH O‘RTA TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING O‘QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Qisqa mazmun
Ushbu ilmiy maqolada tayanch o‘rta ta’limda (5-9-sinflar) o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. O‘qish savodxonligi o‘quvchilarning nafaqat ona tili va adabiyot fanlarini, balki matematika, tabiiy va ijtimoiy fanlarni o‘zlashtirishida ham hal qiluvchi kompetensiya sifatida namoyon bo‘ladi. Shu sababli tayanch o‘rta ta’limda o‘qish savodxonligini rivojlantirish masalasi xalqaro baholash tadqiqotlari doirasida ham muhim tadqiqot obyektiga aylangan. Maqolada o‘qish savodxonligini baholashning xalqaro yondashuvlari tahlil qilinib, PISA xalqaro tadqiqoti metodologik asos sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot doirasida PISA o‘qish savodxonligini baholash modeli, unda qo‘llaniladigan matn turlari hamda kognitiv jarayonlar batafsil yoritilgan. Maqola natijalari tayanch o‘rta ta’lim o‘qituvchilari, metodistlar va ta’lim sifati bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, o‘qish savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan keyingi ilmiy tadqiqotlar uchun nazariy va metodik asos yaratadi.
Manbalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” PF-5712-son Farmoni.
- 2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 997-son qarori.
- 3. OECD. (2019). PISA 2018 assessment and analytical framework. OECD Publishing.
- 4. OECD. (2019). PISA 2018 results (Volume I): What students know and can do. OECD Publishing.
- 5. OECD. (2023). PISA 2022 results (Volume I): The state of learning and equity in education. OECD Publishing.
- 6. OECD. (2023). PISA 2022 Country Notes: Uzbekistan.
- 7. Mullis, I. V. S., Martin, M. O. (2019). PIRLS 2021 Assessment Framework. TIMSS & PIRLS International Study Center.
- 8. Snow, C. E. (2002). Reading for understanding. RAND Corporation.
- 9. UNESCO. (2017). Reading the past, writing the future: Fifty years of promoting literacy.
- 10. OECD. (2020). Education in a digital world: PISA Global Competence Framework.
Maqoladagi kalit so‘zlar
o‘qish savodxonligi, tayanch o‘rta ta’lim, PISA, funksional savodxonlik, xalqaro baholash