TIMSS XALQARO BAHOLASH DOIRASIDA BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARINING METODIK TAYYORGARLIGINI MONITORING QILISHNING PEDAGOGIK-DIAGNOSTIK ASPEKTLARI
Qisqa mazmun
Ushbu maqolada TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha keng joriy qilingan to‘rtinchi sinflar uchun xalqaro baholash dasturi va bunda dunyoning turli mamlakatlari reytingida O'zbekistonning o‘rni, shu bilan birga TIMSS xalqaro baholash dasturi doirasida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini monitoring qilishning pedagogik-diagnostik aspektlari jumladan, o‘qituvchilarining TIMSS xalqaro baholash dasturi doirasida metodik tayyorgarligini monitoring qilish natijalari, boshlang‘ich ta’limda o‘qitish sifatini oshirish maqsadida o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyalarini monitoring qilishning TIMSS bilan bog‘liq jihatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Maqoladagi kalit so‘zlar
TIMSS, metodik tayyorgarlik, boshlang‘ich ta’lim, o‘qituvchi, xalqaro baholash, monitoring, pedagogik-diagnostik aspektlar, matematik savodxonlik, tabiiy fan savodxonlik.