UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH KURSLARIDA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING 4K KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI: MUSTAQIL TAYYORGARLIK ASOSIDAGI 4K-INTERAKTIV TA’LIM METODI (MTA-4K)
Qisqa mazmun
Maqolada umumta’lim maktab ingliz tili o‘qituvchilarining 4K ko‘nikmalarini (tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, hamkorlik, muloqot) uzluksiz kasbiy rivojlantirish (UKR) kurslari orqali rivojlantirishga qaratilgan metodika yoritilgan. Tadqiqotda UKR kurslarining mavjud holati tahlil qilinib, ularning uchta asosiy kamchiligi – an’anaviy o‘qitish modeliga ortiqcha bog‘liqlik, kommunikativ kompetensiyaning yetarli rivojlanmaganligi hamda 4K ko‘nikmalar bo‘yicha mazmuniy cheklovlar aniqlandi. Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida muallif tomonidan Mustaqil Tayyorgarlik Asosidagi 4K-interaktiv Ta’lim Metodi (MTA-4K) ishlab chiqildi. Metod olti bosqichdan (mustaqil tayyorgarlik, bilimni faollashtirish, muammoli yo‘naltirish, hamkorlikda yechim ishlab chiqish, ijodiy pedagogik mahsulot yaratish, taqdimot-refleksiya) iborat bo‘lib, har bir bosqich 4K kompetensiyalarining muayyan komponentini maqsadli rivojlantiradi. Tahlil natijalariga ko‘ra, metodning eng yuqori qo‘llanilish ulushi amaliy bosqichda (81%) qayd etilgan, MTA-4K tarkibida esa tanqidiy fikrlash (42,9%) va muloqot (35,7%) komponentlari yetakchi o‘rin egallaydi. UKR kursi modullari davomida baholash ko‘rsatkichlari (trener kuzatuvi, refleksiya kundaligi, professional portfel) barqaror o‘sish dinamikasini namoyon etdi (35-45% dan 84-90% gacha), regressiya tahlili esa modul omilining 4K ko‘nikmalari rivojlanishiga ijobiy ta’sirini tasdiqladi (R²=0,500). An’anaviy yondashuv bilan solishtirilganda MTA-4K metodi barcha 4K komponentlari bo‘yicha 30-40 foiz punktga yuqori natija berdi. Ishlab chiqilgan didaktik model maqsadli, mazmuniy, jarayonli, metodik va baholash-natijaviy komponentlarning o‘zaro bog‘liqligiga asoslanib, ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetensiyasini kompleks rivojlantirishga xizmat qiladi.
Manbalar
- Partnership for 21st Century Skills (P21). Framework for 21st Century Learning. – Washington, DC, 2009.
- Trilling B., Fadel C. 21st Century Skills: Learning for Life in Our Times. – San Francisco: Jossey-Bass, 2009.
- Richards J.C., Farrell T.S.C. Professional Development for Language Teachers: Strategies for Teacher Learning. – Cambridge University Press, 2005.
- Guskey T.R. Evaluating Professional Development. – Thousand Oaks, CA: Corwin Press, 2000.
- Darling-Hammond L., Hyler M.E., Gardner M. Effective Teacher Professional Development. – Palo Alto, CA: Learning Policy Institute, 2017.
- Facione P.A. Critical Thinking: What It Is and Why It Counts. – Millbrae, CA: Insight Assessment, 2011.
- Robinson K. Out of Our Minds: Learning to be Creative. – Chichester: Capstone, 2011.
- DuFour R., Eaker R. Professional Learning Communities at Work. – Bloomington, IN: National Educational Service, 1998.
- Knowles M.S. The Adult Learner: A Neglected Species. – Houston: Gulf Publishing, 1984.
- Schon D.A. The Reflective Practitioner: How Professionals Think in Action. – New York: Basic Books, 1983.
- Hattie J., Timperley H. The Power of Feedback // Review of Educational Research. – 2007. – Vol. 77, No. 1. – P. 81–112.
- Johnson D.W., Johnson R.T. An Educational Psychology Success Story: Social Interdependence Theory and Cooperative Learning // Educational Researcher. – 2009. – Vol. 38, No. 5. – P. 365–379.
- Jo‘rayeva N.O‘. Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida “4K” ko‘nikmalarini rivojlantirish va takomillashtirish metodikasi [PhD dissertatsiyasi, Buxoro davlat universiteti]. – 2025.
- Kurbanbayev I.M. Ingliz tili darslari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “4K” ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi: Qoraqalpoq sinflari misolida [PhD dissertatsiyasi avtoreferati, Qoraqalpoq davlat universiteti]. – 2025.
- Ismailov A., Badalova M., Xodjayev B., Nuralieva K., Qosimova Z. Dars jarayonida “4K” kompetensiyalarini shakllantirish va baholash: Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma. – Toshkent: Zuxro Baraka Biznes, 2024.
Maqoladagi kalit so‘zlar
4K ko‘nikmalari, MTA-4K metodi, uzluksiz kasbiy rivojlantirish, didaktik model, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, hamkorlik, muloqot, ingliz tili o‘qituvchisi, flipped classroom