Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar 2025-yil 2-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4963-son qarori bilan 2021-yil A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida
“Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” nomli ilmiy-nazariy va o‘quv-uslubiy jurnali ta’sis etilgan.
2024-yil 11-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiya huzuridagi Ommaviy axborot kommunikatsiyalar agentligi tomonidan institut jurnalini “Maktab taʻlimi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” nomiga oʻzgarganligi haqida Ommaviy Axborot vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻg‘risidagi
№ 392864 raqamli guvohnoma, shuningdek, 2024-yil 10-iyun sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi tomonidan 373.3/.5 UO‘K indeksi,
2024-yil 13-sentyabrda “Maktab taʻlimi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” jurnali uchun 3060-4788 raqamli ISSN olindi. Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining pedagogik texnologiyalar va psixologik tadqiqotlar bo‘yicha ekspert kengashi tavsiyasi (29.10.2024-y., №10); OAK tartib qoida komissiya qarori (30.10.2024-y., № 10/24); OAK Rayosatining qarori (31.10.2024-y.,) №363/5)ga ko‘ra “Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”ga kiritildi.